
MAHALLADA JINOYATÇILIKNING OLDINI OLIŞ ÇORALARI ÖRGANILDI
Xalq deputatlari Çilonzor tumani Kengaşi deputati Taşmuhammedova Muhabbat Baxtiyorovna “Mahalliy Kengaş deputati faoliyatining eng muhim yönalişlari böyiça tavsiyalar”ga muvofiq, Zarqörğon mahallasida hududdagi jinoyatçilikka qarşi kuraşiş holatini örgandi.
Örganiş davomida, ayniqsa, jinoyatçilik darajasi yuqori bölgan “qizil” va “sariq” hududlarda huquqbuzarliklarning oldini oliş, jinoyatçilikni bartaraf etiş hamda mahallada tinçlik va osoyiştalikni ta’minlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar holatiga e’tibor qaratildi.
Şuningdek, mahallada xavfsiz muhitni şakllantiriş, aholi örtasida profilaktik tadbirlarni kuçaytiriş, huquqbuzarliklarning kelib çiqiş sabablarini aniqlaş va ularni bartaraf etiş böyiça mas’ul taşkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlaş masalalari körib çiqildi.
Mazkur örganiş hududda jinoyatçilikning oldini oliş, fuqarolar xavfsizligini ta’minlaş hamda mahallada osoyişta va barqaror muhitni mustahkamlaşga qaratilgan işlar samaradorligini oşirişga xizmat qiladi.
Xavfsiz mahalla — osoyişta hayot garovi!