Barcha yangiliklar
#kunlik_ish_reja_ijrosi #biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala #kuz_qishga_tayyorgarlik
Gallery image 278171
Gallery image 278172
Gallery image 278173
Gallery image 278174
Gallery image 278175
Gallery image 278176
Gallery image 278177
Gallery image 278178
Gallery image 278179
Gallery image 278180
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
29 Okt 2026
11:50

#kunlik_ish_reja_ijrosi #biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala #kuz_qishga_tayyorgarlik

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi Kotibiyati mudiri M.Xujanov, tuman Kengashining 20-“Sayrak” saylov okrugidan saylangan deputat A.Egamberdiyev, shuningdek, Kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov ishtirokida “Sayrak” mahallasida joylashgan 60-sonli oilaviy poliklinikada bo‘lib, tibbiyot muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, shuningdek, amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishini joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.

O‘rganish davomida muassasaning kuz-qish mavsumini barqaror va samarali o‘tkazishga tayyorgarligi, bino va inshootlarning texnik holati, isitish tizimlarining sozligi hamda qurilish-ta’mirlash ishlarining belgilangan talablar asosida olib borilayotganligiga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berish, shuningdek, ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash masalalari deputatlar nazoratiga olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz