


DEPUTAT AMALIY KÖMAGI BILAN NOGIRONLIGI BÖLGAN FUQAROLAR IŞGA JOYLAŞTIRILDI
Xalq deputatlari Çilonzor tumani Kengaşi deputati, “Adolat” SDP a’zosi Alişer Abduvahoboviç Xusainovning amaliy kömagi bilan II guruh nogironligi bölgan ikki nafar fuqaro “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi orqali “Taşkent Trade Center” savdo markaziga işga joylaştirildi.
Yoşlar bildirilgan taklifni mamnuniyat bilan qabul qilib, mehnat faoliyatini boşladilar. Ular jamoaning bir qismi böliş, boşqa insonlar bilan birgalikda mehnat qiliş va jamiyat hayotida faol iştirok etiş imkoniyati yaratilganidan minnatdor ekanliklarini bildirdilar.
Mazkur taşabbus nogironligi bölgan fuqarolarni qöllab-quvvatlaş, ularning bandligini ta’minlaş hamda jamiyatda öz örnini topişlariga kömaklaşiş muhim ahamiyatga ega ekanini yana bir bor namoyon etadi.
Deputatning bu boradagi amaliy işlari nafaqat fuqarolarni iş bilan ta’minlaşga, balki ularning öz imkoniyatlarini röyobga çiqarişi, öziga bölgan işonçini mustahkamlaşi va munosib hayot keçirişi uçun şaroit yaratişga ham xizmat qiladi.