


🔰AMALIY HAMKORLIK VA TEZKOR YECHIMLAR.
📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlari N.Shamsiyeva va Sh.Azimovlar “Olmazor” MFY “yettiligi” bilan birgalikda hududdagi real holatni o‘rgandilar. Tahlillar asosan 16-“Yangi O‘zbekiston” saylov okrugi hududida ishsizlikni kamaytirish va kambag‘allikni qisqartirish masalalariga qaratildi.
🔸O‘rganish davomida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sifati hamda mahallada rejalashtirilgan infratuzilma loyihalarining borishi atroflicha ko‘rib chiqildi. Aniqlangan muammolar va aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar yuzasidan joyning o‘zida tezkor chora-tadbirlar belgilandi.
🔸Xalq vakillari va mahalla “yettiligi”ning bunday yaqin hamkorligi “mahallabay” ishlash tizimi samaradorligini oshirib, dolzarb masalalarni ortiqcha qog‘ozbozliksiz, joyida va muddatida hal etish imkonini bermoqda. Belgilangan vazifalar ijrosi to‘liq deputatlik nazoratiga olindi.
📲 Bizni kuzatib boring:👇
🌎 kengash.gov.uz 📱 Youtube 📱 Telegram 📱 Facebook