

“PARVOZ” MAHALLASIDAGI 86- VA 306-SONLI MAKTABGAÇA TA’LIM TAŞKILOTLARI ATROFIDA YÖL HARAKATI XAVFSIZLIGINI TA’MINLAŞ BÖYIÇA TOPŞIRIQLAR BERILDI
#deputat_soʻrovi_javobi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
❗️DEPUTATLIK SÖROVI NATIJASI: “PARVOZ” MAHALLASIDAGI 86- VA 306-SONLI MAKTABGAÇA TA’LIM TAŞKILOTLARI ATROFIDA YÖL HARAKATI XAVFSIZLIGINI TA’MINLAŞ BÖYIÇA TOPŞIRIQLAR BERILDI
🏛 Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi deputati Inomjon Madjidovning Yaşnobod tumani “Parvoz” mahallasidagi 86- va 306-sonli davlat maktabgaça ta’lim taşkilotlari atrofida bolalar va piyodalar xavfsizligini ta’minlaş yuzasidan yöllagan deputatlik söroviga Toşkent şahar hokimligi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.
📩 Avvalroq deputat Inomjon Madjidov tomonidan Xalq deputatlari Yaşnobod tumani Kengaşi deputati S.Q. Suvonqulov hamda mahalla aholisi murojaatlari asosida mazkur maktabgaça ta’lim taşkilotlari atrofida yöl belgilarining yetişmasligi, piyodalar ötiş joylari va tegişli yöl çiziqlari mavjud emasligi masalalari kötarilgan edi.
🔺 Xususan, maktabgaça ta’lim taşkilotlari yonma-yon joylaşgani, hudud bolalar suziş havzasi va aholi turar joylariga tutaşgani sababli ertalab va keçki vaqtlarda transport vositalari hamda piyodalar harakati ortib, bolalar xavfsizligiga xavf tuğdirayotgani qayd etilgan.
🔎 Mazkur deputatlik sörovi Toşkent şahar hokimligi tomonidan körib çiqilib, Toşkent şahrida Yöl harakatini taşkil etiş markazi mas’ul xodimlari tomonidan hududga çiqib örganiş işlari olib borilgan.
🚦 Rasmiy javobga köra, örganiş natijasida 86- va 306-sonli maktabgaça ta’lim taşkilotlari atrofida piyodalar ötiş joylarini belgilangan tartibda taşkil etiş hamda ularga mos yöl çiziqlarini çiziş zarurligi qayd etilgan. Mazkur işlarni amalga oşiriş yuzasidan “Ixtisoslaştirilgan montaj qiliş va foydalaniş boşqarmasi” davlat muassasasiga tegişli topşiriq berilgan.
🛠 Şuningdek, hududdagi transport va piyodalar oqimi hamda mavjud yöl şaroitlarini hisobga olgan holda zarur yöl belgilarini örnatiş, piyodalar ötiş joylarini belgilaş va yöl çiziqlarini çiziş işlari 2026-yil oktabr oyi yakuniga qadar amalga oşirilişi ma’lum qilingan.
📋 Rasmiy javobda belgilangan çora-tadbirlarning mas’ul taşkilotlar tomonidan bajarilişi nazoratga olingani ham qayd etilgan.
🤝 Şu tariqa, deputat Inomjon Madjidov tomonidan aholi murojaatlari asosida kötarilgan masala mutasaddi taşkilotlar iştirokida örganilib, bolalar va piyodalar xavfsizligini ta’minlaşga qaratilgan aniq vazifalar hamda ularni bajariş muddati belgilandi.
♻️ “Parvoz” mahallasidagi 86- va 306-sonli davlat maktabgaça ta’lim taşkilotlari atrofida yöl belgilarini örnatiş, piyodalar ötiş joylarini taşkil etiş va belgilangan işlarning öz vaqtida bajarilişini ta’minlaş masalasi deputat Inomjon Madjidov tomonidan nazorat qilib boriladi.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash