


🔰MUAMMOLAR VA YECHIMLAR.
📌 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etish maqsadida xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati Z.Abdurasulova 12-“Sayxon” saylov okrugi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🔸 Uchrashuv davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan ichki yo‘llarni ta’mirlash, tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish, toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash hamda moddiy yordam ajratish kabi qator shaxsiy va ijtimoiy muammolarini bildirdilar.
🔸Deputat Z.Abdurasulova aholi tomonidan ko‘tarilgan har bir masalani diqqat bilan tinglab, ularning ijobiy yechimi bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanganini ma’lum qildi. Deputat muammolarni qisqa fursatlarda hal etishda mahalla faollari va jamoatchilik nazorati hamkorligi muhimligini ta’kidladi.
📲 Bizni kuzatib boring:👇
🌎 kengash.gov.uz 📱 Youtube 📱 Telegram 📱 Facebook