Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 278139
Gallery image 278140
Gallery image 278141
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
29 Okt 2026
11:07

Kotib

#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun, #Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi
#Hamkorlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol

Murojaat-ijro-natija

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zLiDeP a’zosi Ruslan Yerniyazov “Avayxon” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan muloqotlar olib borilib, fuqarolarning mavjud muammolari va takliflari tingladi.

Muloqotlar davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan ijtimoiy masalalar, mahalla infratuzilmasi, kommunal xizmatlar hamda hududni obodonlashtirish bilan bog‘liq muammolar yuzasidan deputatga murojaat qilmoqdalar.

Shuningdek, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda murojaatlarni ko‘rib chiqish, ularning ijrosini nazorat qilish va fuqarolarni qiynayotgan masalalarga amaliy yechim topish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Deputat va xalq o‘rtasidagi ochiq muloqot — aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish va hududdagi dolzarb masalalarni hal etishning muhim omilidir.