




Kotib
#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun, #Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi
#Hamkorlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol
Ijtimoiy obyektlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati deputat nazoratida
Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, Adolat SDP a’zosi Elmurod Amirov tomonidan “Al Farobiy” okrugida joylashgan 120-umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida ta’lim muassasasining isitish tizimi, issiqlik ta’minoti, elektr energiyasi va boshqa muhandislik kommunikatsiyalarining holati, sinfxonalarda qulay haroratni ta’minlash hamda qish mavsumida o‘quvchilar va pedagoglar uchun zarur sharoitlar yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, maktab binosining qish mavsumiga tayyorgarligi, mavjud muammolarni aniqlash va ularni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli masalalar ko‘rib chiqildi.