Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 278131
Gallery image 278132
Gallery image 278133
Gallery image 278130
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
29 Okt 2026
10:54

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Tashkilot_bilan_hamkorlik
#Sessiya_oldi_örganish
#Madad_NTT
🏛 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN MUHOKAMA O‘TKAZILDI


🤝 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari, 1-Yangiturmush saylov okrugidan saylangan deputat S. Eshonqulov hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti bosh mutaxassisi S. Ochilov hamkorligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📋 Uchrashuv davomida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Muhokama jarayonida masalaning mazmun-mohiyati, dolzarbligi va ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilib, tegishli takliflar bildirildi.

⚖️ Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish, qonun ustuvorligini ta’minlash va xavfsizlik masalalariga oid tashabbuslarni muhokama qilish, bu borada hamkorlikni mustahkamlash hamda mavjud masalalarni tizimli ravishda ko‘rib chiqish muhimligi ta’kidlandi.

✅ Bunday uchrashuvlar sessiya kun tartibidagi masalalarni puxta o‘rganish, turli fikr va takliflarni inobatga olish hamda samarali qarorlar qabul qilinishiga ko‘maklashadi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube