



#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #so‘rov_asosida #24_ta_tavsiya_ijrosi
Tibbiyot muassasalarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, isitish tizimlarining sozligini ta’minlash hamda mavsumga tayyorgarlik holatini o‘z vaqtida nazorat qilish muhim ahamiyatga ega.
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi Kotibiyati mudiri M.Xujanov, tuman Kengashining 20-“Sayrak” saylov okrugidan saylangan deputat A.Egamberdiyev, shuningdek, Kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov ishtirokida “Ovchi” mahallasida joylashgan 58-sonli oilaviy qishloq punktining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
O‘rganish davomida tibbiyot muassasasining isitish tizimi, zarur ehtiyot qismlar bilan ta’minlanganligi, ko‘mir va boshqa qattiq yoqilg‘i zaxiralarini yaratish holati hamda binoning qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal qilish va kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur o‘rganish ishlari tibbiyot muassasasida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz