Barcha yangiliklar
🔰JIZZAXDA TIBBIY XIZMAT SIFATI DEPUTATLAR NAZORATIDA.
Gallery image 278124
Gallery image 278125
Gallery image 278126
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
29 Okt 2026
10:47

🔰JIZZAXDA TIBBIY XIZMAT SIFATI DEPUTATLAR NAZORATIDA.

📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi raisi, 15-“Xalqobod” saylov okrugidan saylangan deputat M.Imomov hamda tibbiyot faxriysi M.Sodiqov o‘rtasidagi muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sog‘liqni saqlash sohasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidan kelib chiquvchi vazifalar yuzasidan suhbatlashildi.

🔸Suhbat davomida Jizzax shahrida tibbiyot klasterlarini rivojlantirish, shifokorlar malakasini oshirish va birlamchi bo‘g‘inda patronaj xizmatini yaxshilash masalalariga e‘tibor qaratildi.

🔸M.Imomov “Xalqobod” okrugi misolida aholini qiynayotgan tibbiy muammolarni tizimli o‘rganish va shahar tibbiyot birlashmasi muassasalarida dori-darmon ta‘minoti ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirishini ta‘kidladi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

🌎 kengash.gov.uz 📱 Youtube 📱 Telegram 📱 Facebook