Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
Gallery image 278122
Gallery image 278123
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
23 Okt 2026
00:00

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Sirdaryo viloyati Saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari F.Abdusattorov tomonidan Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputatlari faoliyati samaradorligi hamda Kengash kotibiyatida hujjatlarning yuritilishi va rasmiylashtirilish holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida deputatlarning o‘z vakolatlaridan samarali foydalanishi, saylovchilar bilan ishlashi, amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi hamda hujjatlarni belgilangan talablar asosida yuritish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ayrim ish jarayonlarini yanada takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va ijro intizomini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, deputatlar faoliyatida rasmiy hisobotlar bilan cheklanib qolmasdan, amaliy natijadorlikka erishish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash sifatini oshirish hamda kotibiyatda hujjatlar yuritilishida aniqlik va mas’uliyatni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
O‘rganish yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mahalliy Kengash faoliyatida samaradorlik va mas’uliyatni yanada oshirish muhimligi qayd etild