



Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
Sirdaryo viloyati Saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari F.Abdusattorov ishtirokida Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati xodimlari S.Nomozov, deputat B.Bo‘tayev hamda tuman hokimligi axborot xizmati xodimi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda deputatlar faoliyatini ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish, ularning saylovchilar bilan uchrashuvlari, joylarda olib borayotgan ishlari va aholi murojaatlari yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni jamoatchilikka tezkor hamda sifatli yetkazish masalalari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, deputatlar faoliyatining ochiq, xolis va tizimli yoritilishi fuqarolarning mahalliy Kengashlar faoliyatiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda aholi bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Uchrashuv yakunida deputatlar faoliyatini axborot makonida keng targ‘ib qilish, ijtimoiy tarmoqlarda mazmunli va ishonchli axborotlar berib borish hamda jamoatchilik bilan ochiq muloqotni yanada rivojlantirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.