





#Deputatlik_soʻrovi_ijrosi #Xavfsiz_maktab #Oltinsoy_tuman_Kengashi #Yo‘l_xavfsizligi
Avval xabar berilganidek, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi, 22-“Mingchinor” saylov okrugidan saylangan deputat Turdiyev Akrom Abdimuratovich tomonidan “Xayrondara” va “Mingchinor” mahallalarida joylashgan ta’lim muassasalari atrofida o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha Tuman IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi guruhiga deputatlik so‘rovi kiritilgan edi.
Kiritilgan deputatlik so‘rovi asosida va tegishli mas’ul tashkilotlar hamkorligida amaliy ishlar boshlab yuborildi.
Xususan:
34-sonli va 62-sonli umumta’lim maktablariga tutash yo‘l qismlarida avtotransport vositalari harakat tezligini me’yorlashtirish maqsadida maxsus sun’iy notekisliklar (“yo‘l yotqiziqlari”) o‘rnatildi;
Piyodalar va o‘quvchilarning yo‘lni xavfsiz kesib o‘tishlarini ta’minlash uchun zaruriy belgilash va infratuzilma tadbirlari amalga oshirilmoqda.
O‘quvchilarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishga qaratilgan bunday amaliy sa’y-harakatlar va deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz