Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 278080
Gallery image 278081
Gallery image 278082
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
29 Okt 2026
10:20

Kotib

#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun, #Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi
#Hamkorlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol

Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati mudiri Shoanvar Shomaxmudov “Habib Abdullayev” mahallasida yoshlar bilan ishlash tizimi hamda yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, madaniyat va san’atga keng jalb qilish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, yoshlar muammolarini aniqlash, ularning murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy ko‘makka muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.