





Popda yangi ko‘priklar qurilishi rejalashtirilmoqda
Popda yangi ko‘priklar qurilishi rejalashtirilmoqda
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Pop tumani hokimi Gʻulomjon Murodxo‘jayev boshchiligida tuman markazida transport harakatini yaxshilash, tirbandliklarni kamaytirish va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yangi ko‘priklar qurish loyihalari o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida yo‘llarni o‘zaro bog‘lash, transport qatnovini yaxshilash hamda aholi uchun qulay va xavfsiz harakat sharoitlarini yaratish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Xususan, Paxtakor va Hazratibob mahallalarini bog‘lovchi, soy ustida joylashadigan ko‘prik qurish imkoniyati tahlil qilindi.
Loyihalarni amalga oshirish natijasida tuman markazining transport infratuzilmasini rivojlantirish va aholiga qulaylik yaratish ko‘zda tutilmoqda.