

Kengash_faoliyati
#kunlik_ish_reja_ijrosi
#doimiy_komissiya_faoliyati
#deputat_faoliyati
#Biriktirilgan_tashkilot
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#11_band
✅Bandixon tumanida deputatlik nazorati: 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
✅Bandixon tumanida ijtimoiy soha ob’ektlari, xususan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasini monitoring qilish va o‘quvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.
✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi N.Allamuratova, 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdi.
✅O‘rganish jarayoni Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlangan “Deputat faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi”ning 11-bandi — ijtimoiy soha ob’ektlarining kuz-qish mavsumiga shayligi va isitish tizimi holatiga bag‘ishlandi. Tashrif davomida maktab qozonxonasi, sinf xonalarini isitish tizimlari, zaxiradagi ko‘mir yoqilg‘isi va muqobil energiyaga moslashgan jihozlarning holati ko‘zdan kechirildi.
✅Tashrif yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, isitish mavsumini bexato o‘tkazish va ta’lim maskanida zarur shart-sharoitlarni to‘liq ta’minlash yuzasidan maktab rahbariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.