Barcha yangiliklar
FUQAROLAR UCHUN QULAYLIK YARATISH MAQSADIDA ARZONLASHTIRILGAN QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARI SAVDOSI TASHKIL ETILDI
Gallery image 278034
Gallery image 278035
Gallery image 278036
Gallery image 278037
Gallery image 278038
NORBAYEVA GULSHAN XASHIMOVNA
29 Okt 2026
09:56

FUQAROLAR UCHUN QULAYLIK YARATISH MAQSADIDA ARZONLASHTIRILGAN QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARI SAVDOSI TASHKIL ETILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 21-Xirmontepa saylov okrugi deputati Mavlonov Azam Qarshiyevich tashabbusi bilan Xirmontepa mahallasida aholi uchun qulaylik yaratish, fuqarolarni sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan hamyonbop narxlarda ta’minlash maqsadida arzonlashtirilgan mahsulotlar savdosi tashkil etildi.

Mazkur tashabbus, ayniqsa, mahallada istiqomat qiluvchi keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratishga qaratilgan.

Tashkil etilgan savdo orqali aholiga kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini arzonlashtirilgan narxlarda xarid qilish imkoniyati yaratildi. Bu esa fuqarolarning kundalik xarajatlarini kamaytirish, oilalar budjetini tejash hamda aholi turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Deputatning ushbu tashabbusi mahalla aholisini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning murojaat va ehtiyojlariga e’tibor qaratish, shuningdek, aholiga munosib turmush sharoitlarini yaratish borasidagi amaliy ishlarning yana bir namunasidir.