




Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Ish_reja_ijrosi
#Kotibiyat_mudiri_ish_rejasi
📢 SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV: MUAMMOLAR VA TAKLIFLAR O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 25-Tallashqon saylov okrugidan saylangan deputat O. Tursunov “Boyqishloq” mahallasida saylovchilar bilan uchrashib, ularga amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berdi.
🏘 Shuningdek, deputat tomonidan mahalla hududida uyma-uy yurish tashkil etilib, fuqarolarning kundalik hayotida uchrayotgan muammolari, murojaatlari va takliflari o‘rganildi.
🤝 Muloqot davomida aholini qiynayotgan masalalarga e’tibor qaratilib, bildirilgan murojaat va takliflarni ko‘rib chiqish hamda ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar belgilash masalalari muhokama qilindi.
✅ Saylovchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lish, ularning murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni hal etishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube