Barcha yangiliklar
#DeputatNazoratida #DoimiyKomissiyaFAoliyati19¹ #PQ62 #Turizm #Shirmonbuloq #Buloqboshi #XalqDeputatlariKengashi
Gallery image 278012
Gallery image 278013
SHAMSIDDINOV SHOHBOZBEK SHAVKATBEK O‘G‘LI
29 Okt 2026
09:34

#DeputatNazoratida #DoimiyKomissiyaFAoliyati19¹ #PQ62 #Turizm #Shirmonbuloq #Buloqboshi #XalqDeputatlariKengashi

Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi 10-Shirmonbuloq–Navoiy saylov okrugi deputati D.Akramov tomonidan Shirmonbuloq turizm maskanida amalga oshirilayotgan qurilish loyihalari yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi.
🔹 O‘rganish jarayonida turizm maskanida olib borilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari va loyihalarning amalga oshirilish holati ko‘zdan kechirildi.
🔹 Deputat tomonidan tadbirkorlar bilan suhbat o‘tkazilib, qurilish ishlarini sifatli tashkil etish, belgilangan talablar asosida va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.
🔹 Shuningdek, uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-iyuldagi O‘RQ-549-sonli “Turizm to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, unda belgilangan talablar hamda turizm sohasini rivojlantirishning huquqiy asoslari haqida ma’lumot berildi.
✅ Mazkur deputatlik nazorati Prezidentning PQ-62-son qarori ijrosini o‘rganish, hududda turizm infratuzilmasini rivojlantirish hamda qurilish loyihalarining sifatli amalga oshirilishiga ko‘maklashishga qaratildi.
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi tomonidan hududlarni rivojlantirishga qaratilgan qarorlar ijrosi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

| Web.sayt | Telegram | Facebook | Youtube| Instagram |