Barcha yangiliklar
#DeputatFaoliyati #AholiBandligi #KambagallikniQisqartirish #XonadonbayIshlash #Buloqboshi
Gallery image 278007
Gallery image 278008
Gallery image 278009
SHAMSIDDINOV SHOHBOZBEK SHAVKATBEK O‘G‘LI
29 Okt 2026
09:32

#DeputatFaoliyati #AholiBandligi #KambagallikniQisqartirish #XonadonbayIshlash #Buloqboshi

Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi 11-Qaqir saylov okrugi deputati D.Yo‘ldasheva tomonidan mahallada kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy reyestrda turuvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida xonadonbay uchrashuvlar tashkil etildi.
🔹 Uchrashuvlar davomida fuqarolarning kasbiy qiziqishlari, bilim va ko‘nikmalari o‘rganilib, ularni tumandagi mavjud ish o‘rinlariga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔹 Xususan, suhbat jarayonida ikki nafar ayol tikuvchilik va bichish-tikish ishlarini bilishi ma’lum bo‘ldi. Deputat ko‘magida ular tumandagi “FAYZ M” korxonasiga yo‘naltirildi va shu kunning o‘zida yordamchi ishchi sifatida ishga joylashtirildi.
✅ Natija — ikki nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi.
Bunday amaliy ishlar fuqarolarning daromad manbaini yaratish, oilalar farovonligini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi aholi muammolarini o‘rganish, ularning bandligini ta’minlash va fuqarolar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettiradi.

| Web.sayt | Telegram | Facebook | Youtube| Instagram |