Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 277992
Gallery image 277993
Gallery image 277994
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
29 Okt 2026
09:29

Kotib

#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun, #Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi
#Hamkorlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol

Tuman Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan mahallada targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

“Beshkapa” mahallasida tuman Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan aholi xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqarolarning bu boradagi bilim hamda ko‘nikmalarini oshirish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda okrug deputati Irina Matkarimova hamda kotibiyat mudiri Shoanvar Shomaxmudov, mahalla yettiligi ishtiroki etdi.

Shuningdek, aholiga yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, elektr va gaz jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, kuz-qish mavsumida ehtiyot choralarini ko‘rish hamda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Xavfsizlik — har birimizning mas’uliyatimiz!

Aholi o‘rtasida bunday targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish favqulodda vaziyatlarning oldini olish va mahallada xavfsiz muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.