




Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Haftalik_ish_rejasi
🥒 ISSIQXONADA BODRING YETISHTIRILIB, ICHKI BOZORGA YETKAZIB BERILMOQDA
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 7-Boybuloq saylov okrugi deputati L.Xakimova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘janazarov “Guliston” mahallasi hududida joylashgan tuman Kengashi deputati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchisi O.Umarovning issiqxonasi faoliyati bilan tanishishdi.
🌱 Ayni paytda mazkur issiqxonada bodring yetishtirilib, hosil ichki bozorga chiqarilmoqda. Issiqxonada yo‘lga qo‘yilgan ishlab chiqarish jarayoni aholini yangi va sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda.
🌿 Issiqxona xo‘jaliklarining faoliyati hududda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, mahsulot yetishtirish hajmini oshirish hamda ichki bozorni mahalliy mahsulotlar bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
🤝 Tashrif davomida issiqxona faoliyati, bodring yetishtirish jarayoni va tayyor mahsulotlarni bozorga yetkazib berish ishlari bilan yaqindan tanishildi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube