Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 277973
Gallery image 277974
Gallery image 277975
Gallery image 277976
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
29 Okt 2026
09:10

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Haftalik_ish_rejasi
🌿 SHEROBODDA ANOR YIG‘IM-TERIMI DAVOM ETMOQDA


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 7-Boybuloq saylov okrugi deputati L.Xakimova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘janazarov “Guliston” mahallasi hududida joylashgan tuman Kengashi deputati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchisi O.Umarovning anor bog‘iga tashrif buyurishdi.

🌳 Tashrif davomida bog‘da qizg‘in davom etayotgan anor yig‘im-terimi jarayoni bilan yaqindan tanishildi. Bog‘dagi hosilni yig‘ib olish, saralash va sifatli mahsulotni iste’molchilarga yetkazib berish borasidagi ishlar kuzatildi.

🍃 Qishloq xo‘jaligi sohasi mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, mo‘l va sifatli hosil yetishtirishda dehqon hamda fermerlarning fidokorona mehnati alohida ahamiyat kasb etadi. Anorchilikni rivojlantirish, mavjud bog‘lardan unumli foydalanish va yetishtirilgan mahsulotlarni nobud qilmasdan yig‘ib olish qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

🤝 Bunday tashriflar hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish, qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz faoliyatini o‘rganish hamda mavjud masalalarga e’tibor qaratishda muhim ahamiyatga ega.

Mo‘l hosil — zahmatli mehnat, tajriba va tabiat ne’matlar

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube