Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 277957
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
29 Okt 2026
08:31

Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#7_band
#162_qonun
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Obikor" mahallasida soliq xodimi faoliyati tahlil qilindi

✅Bandixon tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda deputatlik faoliyatining "24 ta eng muhim yo‘nalishi" doirasida davlat organlarining quyi bo‘g‘inlari faoliyati samaradorligini baholash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

✅alq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov  Kengashning 20-"Obikor" saylov okrugi deputati X.Salomov okrugiga qarashli “Obikor” mahallasida bo‘lib, mahallaga biriktirilgan soliq xodimining ish faoliyatini o‘rgandi.

✅Monitoring davomida soliq ma’murchiligini takomillashtirish, yangi biznes sub’ektlarini aniqlash va ularni qonuniy ro‘yxatdan o‘tkazish, aholi o‘rtasida to‘lov madaniyatini oshirish hamda soliq bazasini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan amaliy chora-tadbirlar tahlil qilindi.

✅Tashrif yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, soliq intizomini kuchaytirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mutasaddi xodimga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.