Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMAN KENGASHINING 32-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Gallery image 277955
MUHAMMADIYEV MUHAMMADJON XOLMO‘MIN O‘G‘LI
27 Okt 2026
00:00

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMAN KENGASHINING 32-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

 XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMAN KENGASHINING 32-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdagi, 32-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada Kengash deputatlari bilan bir qatorda kun tartibidagi masalalarga daxldor korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Shuningdek, sessiyada Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati, tuman hokimi U. Yelmuratov qatnashdi. Majlisni Kengash raisi U. Salimov olib bordi.

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdagi, 32-sessiyasida kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Muhokamalar yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli Kengash qarorlari qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi hududni rivojlantirish, aholi manfaatlarini himoya qilish hamda belgilangan vazifalar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish borasidagi faoliyatini izchil davom ettiradi.