Barcha yangiliklar
QÖRĞONTEPA MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA AHOLI MUAMMOLARINI HAL ETIŞ MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Gallery image 277937
Gallery image 277938
Gallery image 277939
Gallery image 277940
Gallery image 277941
ABILOV UMIDBEK UTKIROVICH
28 Okt 2026
21:00

QÖRĞONTEPA MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA AHOLI MUAMMOLARINI HAL ETIŞ MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

#deputatlik_faoliyati_Uchtepa

QÖRĞONTEPA MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA AHOLI MUAMMOLARINI HAL ETIŞ MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uçtepa tumani Kengaşining "25-Qörğon" saylov okrugi deputati Galina Xamitova Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Xalqaro işlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi a’zosi Irina Tokareva hamrohligida Qörğontepa mahallasi yettiligi vakillari bilan uçraşuv ötkazdi.

Uçraşuv davomida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oşiriş va uning aholi muammolarini hal etişda birinçi böğin sifatida işlaşini ta’minlaşga qaratilgan çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmoni mazmun-mohiyati va unda belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almaşildi.

Muloqotda mahalla institutining jamiyat hayotidagi örnini mustahkamlaş, mahalla yettiligi vakillari faoliyatini samarali taşkil etiş, ularning özaro hamkorligini kuçaytiriş hamda aholi muammolarini quyi böğinning özida hal etiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Şuningdek, fuqarolar murojaatlarini öz vaqtida körib çiqiş, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qöllab-quvvatlaş, aholi bandligini ta’minlaş va mahalladagi mavjud muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etiş böyiça manzilli işlarni taşkil etiş muhimligi ta’kidlandi.

Deputatlar mahalla yettiligi vakillari bilan suhbat davomida aholi bilan doimiy muloqot olib boriş, muammolarni öz vaqtida aniqlaş va ularning amaliy yeçimiga erişişda mas’ul taşkilotlar hamkorligini kuçaytiriş zarurligini qayd etdilar.

Uçraşuvdan közlangan asosiy maqsad — mahalla institutining aholi muammolarini hal etişdagi birlamçi böğin sifatidagi rolini mustahkamlaş, joylarda belgilangan vazifalar ijrosini muhokama qiliş hamda fuqarolarning turmuş şaroitini yaxşilaşga qaratilgan işlar samaradorligini oşirişdan iborat.