





227 TA LED CHIROQ VA 23 TA VIDEOKAMERA - UY-JOY HUDUDLARI OBODONLASHTIRILISHI O‘RGANILDI
#haftalik_ish_reja_doirasida #deputatlik_nazorati_Uchtepa
227 TA LED CHIROQ VA 23 TA VIDEOKAMERA - UY-JOY HUDUDLARI OBODONLASHTIRILISHI O‘RGANILDI
🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 5-O‘tkir saylov okrugi deputati Ibrohimjon Abdullayev tomonidan “Uchtepa Farovon” MCHJga qarashli ko‘p kvartirali uylar atrofidagi obodonlashtirish ishlari, tashqi yoritish va videokuzatuv tizimlarining holati o‘rganildi.
📈 O‘rganishdan maqsad — aholi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish, umumiy foydalanish hududlarining holatini yaxshilash hamda 2026-yilga rejalashtirilgan ishlar ijrosini nazorat qilish.
📊 Ma’lumotlarga ko‘ra, dastur doirasida 9 ta bolalar maydonchasidagi 18 ta elementni ta’mirlash, 13 ta uyga 227 ta LED chiroq o‘rnatish va Takachi ko‘chasidagi 40A-uy fasadini to‘liq ta’mirlash rejalashtirilgan.
⚙️ Shuningdek, umumiy foydalanish hududlarida 23 ta videokuzatuv kamerasi o‘rnatilgan bo‘lib, ularning 3 tasi boshqariladigan PTZ kamera, 6 tasi kuzatuv kamerasi va 14 tasi Face ID funksiyasiga ega qurilmalardan iborat.
Bundan tashqari, 2026-yilgi rejada 500 kvadrat metr tom qismini hamda 226 pogon metr tarnovlarni joriy ta’mirlash ham belgilangan.
🕯 Deputat tomonidan o‘rganish davomida hududlarning obodonlashtirilishi, tungi yoritish tizimining samaradorligi va videokuzatuv qurilmalarining aholi xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyatiga e’tibor qaratildi.
⏫️ Belgilangan ishlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi, bolalar maydonchalarining soz holatda saqlanishi hamda umumiy foydalanish hududlarida xavfsizlikni ta’minlash masalalari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi.