

XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YIGIRMA UCHINCHI SESSIYASI
XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YIGIRMA UCHINCHI SESSIYASI
Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasi talablariga muvofiq sessiya kotibi 18-Olmazor saylov okrugidan saylangan deputat Xo‘jaqulov Xurram Ziyatovichning yakuni axborati tinglandi.
Sessiya kun tartibiga kiritilgan 14 ta masala atroflicha muhokama qilinib, ular yuzasidan tayyorlangan qarorlar loyihalari deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.
Shu bilan Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi kun tartibidagi barcha masalalar ko‘rib chiqilib, o‘z ishini yakunladi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz