

XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YIGIRMA UCHINCHI SESSIYASI
Mazkur masala muhokamasi davomida Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 13-"Qorliq" saylov okrugidan saylangan deputati Mengnarova Zarifa Toshpo‘latovna aholi murojaatlari asosida "Qorliq", "Jobu" va "Nurafshon" mahallalarini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi "Xo‘jayipok" suv havzasi joyiga chiqib o‘rganilganini ma’lum qildi.
O‘rganish davomida sel oqimlari sababli suv havzasi loyqa va turli oqiziqlar bilan to‘lib, ichimlik suvi ta’minotiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani aniqlangan.
Shu munosabat bilan deputat Mengnarova Zarifa Toshpo‘latovna "Xo‘jayipok" suv havzasining sel oqimlari zarar yetkazgan qismini betonlash ishlarini amalga oshirish uchun Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratishda amaliy yordam ko‘rsatish masalasini ko‘tarib chiqdi.
Mazkur murojaat yuzasidan tegishli tartibda ish olib borish va masalani hal etish choralari ko‘rilishi muhimligi ta’kidlandi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz