





“UÇTEPA FAROVON” MÇJGA QARAŞLI KÖP QAVATLI UYLARDA KIRIŞ YÖLAKLARI VA LIFTLAR HOLATI ÖRGANILDI
#24_ta_tavsiyaviy_savol
“UÇTEPA FAROVON” MÇJGA QARAŞLI KÖP QAVATLI UYLARDA KIRIŞ YÖLAKLARI VA LIFTLAR HOLATI ÖRGANILDI
🇺🇿 Xalq deputatlari Uçtepa tumani Kengaşining 5-Ötkir saylov okrugi deputati Ibrohimjon Abdullayev tomonidan “Uçtepa Farovon” MÇJga qaraşli köp qavatli uylardagi kiriş yölaklari, liftlar va muhandislik-kommunikatsiya tizimlarining holati örganildi.
Örganişdan maqsad — aholining xavfsiz va qulay yaşaş şaroitlarini ta’minlaş, mavjud muammolarni aniqlaş hamda uy-joy fondini saqlaş böyiça belgilangan işlar ijrosini deputatlik nazoratiga oliş.
2026-yilgi dasturga muvofiq, 24 ta kiriş yölagini ta’mirlaş, 16 ta kiriş qismini yangilaş va 3 ta liftni joriy ta’mirlaş rejalaştirilgan. Şuningdek, 12 ta markaziy va 86 ta qavatlardagi elektr taqsimlaş şitlarini ta’mirlaş közda tutilgan.
Bundan taşqari, 8 ta uyda 4,6 kilometr içki tik quvurlarni, 19 ta uyda esa 5,5 kilometr muhandislik quvurlari, 2,3 kilometr elektr simlari va 18 ta issiqlik böğinini almaştiriş rejalaştirilgan.
Deputatlik örganişida, ayniqsa, liftlarning xavfsiz işlaşi, kiriş yölaklarining sozligi va muhandislik tarmoqlarining texnik holatiga e’tibor qaratildi. Belgilangan işlarning sifatli va öz vaqtida bajarilişi, şuningdek, aniqlangan muammolar bartaraf etilişi yuzasidan mas’ullarning faoliyati nazoratga olinişi muhim.
Asosiy maqsad — fuqarolarning murojaatlarini amaliy hal etiş, köp qavatli uylarning umumiy foydalaniş joylarini yaxşilaş va aholi uçun xavfsiz yaşaş muhitini ta’minlaş.
muhim şartidir.