

XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ, YIGIRMA UCHINCHI SESSIYASI
XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ, YIGIRMA UCHINCHI SESSIYASI
Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri Xujanov Musurmon Abduraxmonovich tomonidan kun tartibidagi masala yuzasidan tuman hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oltinsoy tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Mavlyanov Otabek Rustamovichga taklif bildirildi.
Taklifga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oltinsoy tumanidagi Xalq qabulxonasi axborotida qayd etilgan murojaatlar bilan ishlash holatini yaxshilash, ularning o‘z vaqtida va samarali ko‘rib chiqilishini ta’minlash maqsadida doimiy komissiyalar hamda mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida joylarga chiqib o‘rganish ishlari tashkil etiladi.
Shuningdek, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va hal etish bo‘yicha ko‘rsatkichlari past bo‘lgan tashkilotlar faoliyati tanqidiy tahlil qilinib, mavjud muammolarni joyida o‘rganish, ularni bartaraf etish choralarini belgilash hamda tegishli rahbarlarning hisobotlarini eshitish taklif etildi.
Mazkur taklifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish va murojaatlarning ijobiy hal etilishi ustidan nazoratni kuchaytirishdan iborat.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz