







#Biriktirilgan_tashkilot #Kunlik_ish_reja_ijrosi #DeputatFaoliyati #Ekspert_guruhi
Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi tomonidan hududlarda olib borilayotgan qurilish va infratuzilma ishlari ustidan tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.
O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A. Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi Kotibiyati mudiri M. Xujanov, tuman Kengashining 20-“Sayrak” saylov okrugidan saylangan deputati A.Egamberdiyev hamda Kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar tomonidan “Ovchi” mahallasida joylashgan 26-sonli umumta’lim maktabida deputatlik nazorati tartibida o‘rganish ishlari olib borildi.
🏫 O‘rganish davomida: Deputatlar va ekspert guruhi a’zolari ta’lim muassasasining qurilish va obodonlashtirish holati, o‘quv xonalari va yo‘laklardagi shart-sharoitlar, o‘quvchilar uchun yaratilgan zamonaviy imkoniyatlar hamda muassasa binosining umumiy infratuzilmasini bevosita ko‘zdan kechirdilar.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz