




#Kengash_raisi #Hokim_o‘rinbosarlari #doimiy_komissiya_faoliyati #savolnoma_asosida
Qishloq xo‘jaligi yerlaridan unumli foydalanish, ularning holatini yaxshilash va belgilangan agrotexnik qoidalarga rioya etilishini ta’minlash borasida muntazam nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi Turdiyev Akrom Abdimuratovich, Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari Bozorov Isroil Ochildiyevich hamda tuman hokimi o‘rinbosari Xurram Lapasov tomonidan “Mirshodi” mahallasida qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yer maydonlarini o‘rganish bo‘yicha deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
O‘rganish jarayonida yer maydonlarining holati, ulardan maqsadli va samarali foydalanish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirilib, mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz