

Huquqiy ma'lumot
#VM_qarori
"Kasb-hunarga o‘qitish orqali bandlikni ta’minlash ustuvor vazifa" O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-son qarori
Aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda fuqarolarning mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-son qarori bilan kambag‘al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilangan.
Mazkur qaror fuqarolarni zamonaviy kasb va mutaxassisliklarga o‘qitish, ularning mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarni egallashiga ko‘maklashish, doimiy ish bilan ta’minlash hamda mehnat organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan.
Qarorga muvofiq, kambag‘al va ishsiz fuqarolar qisqa muddatli va amaliy kasb-hunar o‘quv kurslariga jalb etiladi. O‘quv dasturlari hududlarning iqtisodiy salohiyati va mehnat bozori ehtiyojlaridan kelib chiqib shakllantiriladi. Natijada fuqarolar zamonaviy kasb va ko‘nikmalarni egallab, bo‘sh ish o‘rinlariga joylashish yoki mustaqil tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shuningdek, kasb-hunar kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan fuqarolarning bandligini ta’minlash maqsadida ularga ishga joylashishda amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi, ish beruvchilar bilan hamkorlik kuchaytiriladi hamda mehnat yarmarkalari va elektron bandlik xizmatlari orqali munosib ish o‘rinlariga yo‘naltiriladi.
Qarorda mehnat organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, davlat xizmatlarini raqamlashtirish, fuqarolar bilan ishlash sifatini oshirish hamda bandlik xizmatlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash bo‘yicha ham muhim vazifalar belgilangan.
Mazkur islohotlar aholining kasbiy salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, fuqarolarning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash hamda mamlakat iqtisodiyotini malakali kadrlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish orqali fuqarolarning bandligi mustahkamlanib, ularning hayot sifati va farovonligini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube