TOŞKENT ŞAHAR KENGAŞI DEPUTATI MAJID TAXIROV 2026-YILNING UÇINÇI ÇORAGI BÖYIÇA SAYLOVÇILARGA AXBOROT BERDI
#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
❗️XALQ DEPUTATLARI TOŞKENT ŞAHAR KENGAŞI DEPUTATI MAJID TAXIROV 2026-YILNING UÇINÇI ÇORAGI BÖYIÇA SAYLOVÇILARGA AXBOROT BERDI
🏛 Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining 29-“Xadra” saylov okrugidan saylangan deputati Majid Taxirov Şayxontohur tumanidagi “Köhota” mahallasida saylovçilar bilan uçraşib, 2026-yilning uçinçi çoragi davomida amalga oşirilgan deputatlik faoliyati, hududlarda olib borilgan örganişlar, aholi murojaatlari hamda ularning yeçimlari yuzasidan körilgan çoralar haqida axborot berdi.
🤝 Uçraşuvda Şayxontohur tumani hokimligi mas’ul xodimlari, Toşkent şahar kommunal xizmat körsatiş korxonalari mutasaddilari, şahar va tuman Kengaşlari kotibiyatlari vakillari, mahalla fuqarolar yiğinlari raislari, “Mahalla yettiligi” a’zolari, mahalla faollari hamda fuqarolar iştirok etdi.
🔺 Deputat tomonidan mahalla infratuzilmasini yaxşilaş yuzasidan 10 ta taklif kiritilgan. Mazkur takliflar sport maydonçalarini quriş va ta’mirlaş, içki yöllarni yaxşilaş, hududlarni obodonlaştiriş, ta’lim va tibbiyot muassasalari infratuzilmasini rivojlantirişga qaratilgan. Takliflar Kengaş tomonidan körib çiqilib, tegişli qaror loyihasi tasdiqlangan.
📨 Hisobot davrida saylov okrugidagi suğoriş tizimi, obodonlaştiriş işlari hamda boşqaruv servis kompaniyalari faoliyati bilan boğliq muammolar yuzasidan Toşkent şahar va tuman hokimliklariga 4 ta deputatlik sörovi yuborilgan.
🗣 Aholi bilan işlaş yönalişida 6 marotaba sayyor qabul, 4 ta uçraşuv va 3 ta oçiq muloqot taşkil etilib, ularda 100 nafardan ortiq fuqaro iştirok etgan.
🔎 Fuqarolarning uy-joy, kommunal xizmatlar, bandlik va ijtimoiy masalalarga oid 30 ta murojaati ijobiy hal etilgan, 10 ta murojaat yuzasidan tuşuntiriş berilgan. Şuningdek, 10 nafar band bölmagan fuqaroning işga joylaşişiga kömaklaşilgan, hududlarda 30 ga yaqin yangi iş örni yaratilgani qayd etilgan.
🏗 29-“Hadra” saylov okrugida kommunal infratuzilmani yaxşilaş böyiça amalga oşirilgan işlar yuzasidan ham aniq ma’lumotlar taqdim etildi. Xususan, 800 kvadrat metr maydonga asfalt yotqizilgan, 4 ta köp qavatli uyga liftlar örnatilgan hamda 10 ta kiriş yölagi ta’mirlangan.
⚡️ Elektr ta’minoti barqarorligini oşiriş maqsadida 1 ta transformator almaştirilgan va 1,2 kilometr elektr kabeli yotqizilgan.
♻️ Tabiiy gaz ta’minotini yaxşilaş yönalişida esa 4 ta gaz taqsimlaş punkti örnatilgan, 5 ta gaz taqsimlaş punkti texnik körikdan ötkazilgan hamda 800 metr gaz quvurlari böyalgan.
🌳 “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida saylov okrugi hududida 2 ta boğ barpo etilib, 100 dan ortiq manzarali va 200 ga yaqin mevali daraxt köçatlari ekilgan. Mazkur işlar hududlarning ekologik holatini yaxşilaş va aholi uçun qulay yaşil maskanlar yaratişga qaratilgan.
📉 “Köhota” mahallasida deputat taşabbusi bilan mavjud eski futbol maydonçasini qayta ta’mirlaş böyiça quriliş işlari boşlangan. Uşbu maydonçaning foydalanişga topşirilişi mahalla yoşlari uçun sport bilan muntazam şuğullaniş va böş vaqtini mazmunli taşkil etiş imkoniyatlarini kengaytiradi.
📁 Deputat tomonidan mahallalardagi aholi turmuş şaroitlarini yaxşilaş, uy-joy va kommunal xizmatlar bilan boğliq muammolarni örganiş, irrigatsiya tarmoqlarini tartibga keltiriş hamda içki yöllarni ta’mirlaş masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgani ta’kidlandi.
💡 Şuningdek, 2026-yilning törtinçi çoragida tuman tibbiyot birlaşmasi, kommunal xizmat körsatiş korxonalari va boşqa mas’ul taşkilotlar bilan hamkorlikda tibbiy xizmat sifatini oşiriş, infratuzilma loyihalarini davom ettiriş hamda aholi murojaatlarini manzilli hal etiş böyiça vazifalar belgilab olingani ma’lum qilindi.
✅ Yakunda deputat Majid Taxirov mahallalarda aholi bilan oçiq muloqotni davom ettiriş, kommunal infratuzilmani yaxşilaş, yoşlar uçun sport va dam oliş maskanlarini köpaytiriş hamda fuqarolar murojaatlarining ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuçaytiriş ustuvor vazifalardan ekanini ta’kidladi.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash