Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 277855
Gallery image 277856
Gallery image 277857
Gallery image 277858
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
28 Okt 2026
19:37

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Partiya_guruhi_faoliyati
19¹-modda
📌 PARTIYA GURUHI MAJLISIDA MUHIM MASALA MUHOKAMA QILINDI


🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi partiya guruhining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni partiya guruhi rahbari M. Madarqulov olib bordi.

🍽 Majlis kun tartibidan maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ovqatlanish tizimi ustidan shaffof nazorat mexanizmlarini joriy etish holatini o‘rganish natijalarini muhokama qilish masalasi o‘rin oldi.

👥 Muhokamada Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining mas’ul rahbarlari hamda mazkur masalaga aloqador maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

🗣 Yig‘ilish davomida ta’lim muassasalarida ovqatlanish tizimini tashkil etish, nazorat jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

✅ Asosiy e’tibor bolalar ovqatlanishining sifati va xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, shaffof nazorat mexanizmlarini takomillashtirishga qaratildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube