



Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Tashkilot_bilan_hamkorlik
#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Ish_reja_ijrosi
🛣 AVTOMOBIL YO‘LIDA OLIB BORILAYOTGAN TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 11-Chuqurko‘l saylov okrugidan saylangan deputat T.Shodiyevning saylov okrugiga qarashli “Gulchinor” mahallasida yo‘l ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.
🚧 O‘rganish davomida Sherobod tumani “Yo‘llardan foydalanish korxonasi” DM tomonidan 75V063-sonli avtomobil yo‘lining “Mehnatobod” va “Gulchinor” mahallalari hududidan o‘tuvchi 03–9–10–14-kilometrlar oralig‘ida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishildi.
🔎 Jarayonda yo‘lning holati hamda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlariga e’tibor qaratildi.
✅ Maqsad — yo‘llarning holatini yaxshilash, transport harakati xavfsizligini ta’minlash va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube