



📚Maktab kutubxonasi faoliyati deputatlik nazoratida
📚Maktab kutubxonasi faoliyati deputatlik nazoratida
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati R. Bozorova tomonidan tumandagi 46-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonasi faoliyati o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida kutubxonaning mavjud holati, kitob fondi, adabiyotlarning saqlanishi hamda o‘quvchilarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.
🔹Tahlillar natijasida kutubxona faoliyatida bir qator kamchiliklar aniqlandi. Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish, kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish va o‘quvchilar uchun kitobxonlik muhitini yaxshilash yuzasidan tegishli choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.
🔹Zero, maktab kutubxonasi — yosh avlodning bilim va tafakkurini boyitadigan, ma’naviy kamolotiga xizmat qiladigan muhim maskan. Shu bois uning faoliyatini samarali tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt