




🔰Qo‘shimcha transformatorlar o‘rnatildi — deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
🔰Qo‘shimcha transformatorlar o‘rnatildi — deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati B. Yusupov tomonidan Namgoni mahallasi hududida elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari O. Usmonov nomiga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
⚡️⚡️Mazkur deputatlik so‘rovi natijasida Namgoni va Yobu qishloqlarida qo‘shimcha transformatorlar o‘rnatildi. Bu esa hudud aholisini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavjud yuklamani kamaytirish hamda elektr ta’minoti sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.
⚡️⚡️Deputatlik so‘rovining ijobiy hal etilishi aholi murojaatlari va hududdagi dolzarb muammolarni bartaraf etishda deputatlik nazoratining muhim ahamiyatini yana bir bor ko‘rsatdi.
⚡️⚡️Aholi manfaatlari yo‘lidagi ishlar va deputatlik nazorati davom etadi.
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt