


🔰Imtiyozli kredit – daromad va bandlik manbai
🔰Imtiyozli kredit – daromad va bandlik manbai
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasining 20.10.2020 yildagi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-642-sonli Qonun ijrosini Jondor tumanida ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati B. Yusupov tashabbusi bilan fuqarolarga imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan issiqxonalar olib berildi.
🏦Mazkur tashabbus aholi bandligini ta’minlash, tomorqa imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda oilalarning daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Issiqxonalar orqali yil davomida turli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash va qo‘shimcha daromad olish imkoniyati yaratiladi.
🏦Deputat B. Yusupovning ushbu tashabbusi imtiyozli kredit mablag‘larini samarali yo‘naltirish, fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ularning turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
🏦Maqsad — imtiyozli imkoniyatlardan unumli foydalanish, aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirish.
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt