Barcha yangiliklar
🔰33-sessiya kun tartibidagi masalalar muhokamasiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda
Gallery image 277830
Gallery image 277831
Gallery image 277832
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
28 Okt 2026
19:17

🔰33-sessiya kun tartibidagi masalalar muhokamasiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda

🔰33-sessiya kun tartibidagi masalalar muhokamasiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamda bosh mutaxassislar J. Norov va R. Murodovlar tomonidan Kengashning navbatdagi 33-sessiyasini belgilangan tartibda tashkil etish va o‘tkazishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
🔺Jumladan, Kengash raisining 33-sessiyaga oid farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan qaror loyihalarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🔺Tayyorlangan qaror loyihalari belgilangan tartibda Ekspert guruhi ishtirokida ko‘rib chiqildi. Shuningdek, hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, ularning qonunchilik talablariga muvofiqligini ta’minlash hamda sessiya muhokamasiga puxta tayyorlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.
🔺Mazkur jarayonlar sessiya kun tartibidagi masalalarni har tomonlama ko‘rib chiqish, qaror loyihalarining asoslanganligi va qonuniyligini ta’minlashga qaratilgan.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt