Barcha yangiliklar
➡️Shakar bozori: mahalliy ishlab chiqarish va narxlar barqarorligi muhim
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
27 Okt 2026
00:00

➡️Shakar bozori: mahalliy ishlab chiqarish va narxlar barqarorligi muhim

🔰#munosabat

➡️Shakar bozori: mahalliy ishlab chiqarish va narxlar barqarorligi muhim

🔹Shakar importiga kvota joriy etilishi va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash choralari ichki bozorni tartibga solishga qaratilgan. Biroq bu jarayonda eng muhim masala — aholi va oziq-ovqat sanoati korxonalarini shakar bilan uzluksiz ta’minlash hamda narxlar barqarorligini saqlashdir.
🔹Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga kredit va soliq imtiyozlarining berilishi ishlab chiqarish hajmini oshirishga yordam berishi mumkin. Shu bilan birga, import hajmining cheklanishi ichki talab to‘liq qoplanmagan taqdirda narxlarga bosim o‘tkazishi ehtimolini ham hisobga olish lozim.
🔹Deputat sifatida ta’kidlamoqchimanki, har qanday iqtisodiy qarorning samarasi, avvalo, uning aholi turmush darajasiga ta’siri bilan baholanishi kerak. Shakar narxining asossiz oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, bozorda sog‘lom raqobatni ta’minlash va imtiyozlardan samarali foydalanish ustidan tegishli nazorat olib borilishi muhim.
🔹Mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish bir-birini to‘ldirishi kerak. Eng asosiy maqsad — bozorda shakar taqchilligiga yo‘l qo‘ymaslik va aholi uchun maqbul narxlarni saqlashdir.

Oqila Muzaffarova,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt