Barcha yangiliklar
🔽Yangi investitsiya loyihalari – deputatlar e’tiborida
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
27 Okt 2026
00:00

🔽Yangi investitsiya loyihalari – deputatlar e’tiborida

🔽Yangi investitsiya loyihalari – deputatlar e’tiborida

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning «mahalla yettiligi» bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida Jondor tumanida izchil ishlar olib borilmoqda.
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari o‘z saylov okruglarida saylovchilar va mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratmoqdalar.
🇺🇿Jumladan, Qozoqon mahallasi hududida deputatlar tomonidan alyumin profillardan eshik va romlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan sanoat markazi loyihasi bilan yaqindan tanishildi.
🇺🇿Uchrashuv davomida loyihaning hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahalliy aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlik salohiyatini oshirishdagi ahamiyati muhokama qilindi. Shuningdek, loyihani amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalarni o‘rganish hamda tegishli takliflarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi.
🇺🇿Bunday uchrashuvlar deputatlar, mahalla yettiligi va tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, istiqbolli tashabbuslarni ro‘yobga chiqarish hamda hududlarda iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qiladi.
🇺🇿Deputatlik nazorati va amaliy hamkorlik — hududlar taraqqiyoti hamda aholi farovonligining muhim omilidir.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengaşining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt