



Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Tashkilot_bilan_hamkorlik
#24_ta_masala
👥 MAHALLA YETTILIGI A’ZOLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
📍 Deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O.Tursunov tomonidan 11-Chuqurko‘l saylov okrugidan saylangan deputat T.Shodiyevning saylov okrugiga qarashli “Gulchinor” mahallasida uchrashuv o‘tkazildi.
🤝 Uchrashuvda Sherobod tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari N.Akramov ham ishtirok etib, mahalla yettiligi a’zolari bilan suhbatlashdi.
🗣 Muloqot davomida mahalladagi mavjud muammolar, fuqarolarning ijtimoiy ehtiyojlari hamda ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
✅ Maqsad — mahalladagi muammolarni o‘rganish, hamkorlikni mustahkamlash va aholini qiynayotgan masalalarga yechim topish.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube