Barcha yangiliklar
🔰Fuqaro murojaati – deputatlik nazoratida
Gallery image 277818
Gallery image 277819
Gallery image 277820
Gallery image 277821
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
27 Okt 2026
00:00

🔰Fuqaro murojaati – deputatlik nazoratida

🔰Fuqaro murojaati – deputatlik nazoratida

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R. Murodov hamda Davlat kadastrlari palatasi Jondor tumani filiali boshlig‘i J. Kuchkarov hamkorligida Jondor mahallasida yashovchi I-guruh nogironi H. Abulxayrovaning murojaatini o‘rganish va uni ijobiy hal etish maqsadida Jondor qishlog‘iga tashrif buyurildi.

🏦Tashrif davomida fuqaroning murojaati joyida o‘rganilib, mas’ullar tomonidan uni hal etish yuzasidan tegishli masalalar muhokama qilindi. Murojaatni qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqish, fuqaroning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda muammoning ijobiy yechimiga erishish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

🏦Fuqarolar, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarning murojaatlarini joyida o‘rganish va ularning muammolariga amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

🏦O‘rganishlar davom etmoqda...

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt