






💥 XDPning 35 yilligi — qutlov va samimiy muloqot
💥 XDPning 35 yilligi — qutlov va samimiy muloqot
🇺🇿O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkil topganining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab, jumladan, Jondor tumanida ham bayram va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
⚡️Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari I. Xolov va B. Yusupov, shuningdek, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R. Murodov hamkorligida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Jondor tumani Kengashi elektorati bilan uchrashuv tashkil etildi.
⚡️Uchrashuv davomida ishtirokchilar partiyaning tashkil topish tarixi, faoliyat yo‘nalishlari hamda jamiyat hayotidagi o‘rni xususida fikr almashdilar. Shuningdek, aholini o‘ylantirayotgan masalalar, fuqarolar manfaatlarini ifoda etish va ularning murojaatlari bilan ishlashda hamkorlikni kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
⚡️Tadbir yakunida deputatlar va Kengash vakili elektorat a’zolarini O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkil topganining 35 yilligi bilan samimiy tabriklab, ularga sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik va kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladilar.
⚡️Bunday uchrashuvlar o‘zaro muloqotni mustahkamlash, fuqarolar manfaatlarini o‘rganish hamda aholi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengaşining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt