Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 277769
Gallery image 277770
Gallery image 277771
Gallery image 277772
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
28 Okt 2026
18:27

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Doimiy_komissiya_faoliyatidan
19¹-modda
📌 MAKTAB VA BOG‘CHALARDA OVQATLANISH TIZIMI NAZORATI MUHOKAMA QILINDI


🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

🗣 Majlis kun tartibida maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ovqatlanish tizimi ustidan shaffof nazorat mexanizmlarini joriy etish holatini o‘rganish hamda o‘rganish natijalarini muhokama qilish masalasi ko‘rib chiqildi.

🍽 Muhokama davomida ta’lim tashkilotlarida bolalar ovqatlanishini tashkil etish, oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligini ta’minlash hamda nazorat mexanizmlarining samaradorligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

✅ Mazkur yo‘nalishda shaffoflikni ta’minlash va bolalar salomatligini muhofaza qilish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube