Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 277768
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
28 Okt 2026
18:19

Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_mudiri
#deputat_faoliyati
#24_ta_masala
#162_qonun

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: “Obod yurt” mahallasida rais faoliyati va hududiy ishlar o‘rganildi

🫥Bandixon tumanida quyi bo‘g‘in boshqaruv organlari faoliyati samaradorligini oshirish, mahalla raislarining mas’uliyatini kuchaytirish hamda hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosini nazorat qilish borasida tizimli deputatlik nazorati olib borilmoqda.

✅Shu maqsadda Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri Azamat Pardayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi B.Qurbonov tuman Kengashining 12-“Obod yurt” saylov okrugi deputati N.Allamuratova okrugiga qarashli “Obod yurt” mahallasida bo‘lib, , o‘rganish ishlarini amalga oshirdi.

🫥Tashrif davomida mahalla raisi tomonidan belgilangan vazifalarning bajarilishi, aholi murojaatlari bilan ishlash tartibi hamda obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash borasidagi chora-tadbirlar atroflicha tahlil qilindi. O‘rganish natijalari bo‘yicha aniqlangan masalalarni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

🫥O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar deputatlik nazorati doirasida nazoratga olinib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.