
TERMIZ TUMANIDA “TAŞABBUSLI BUDJET” LOYIHALARI IJROSI MUHOKAMA QILINDI
TERMIZ TUMANIDA “TAŞABBUSLI BUDJET” LOYIHALARI IJROSI MUHOKAMA QILINDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengaşi sessiyasida tumanda 2026-yil III çorak davomida “Taşabbusli budjet” loyihalari doirasida amalga oşirilgan işlar yuzasidan axborot berildi.
Qayd etilişiça, 2026-yil 1-oktabr holatiga köra, Fuqarolar taşabbusi jamğarmasiga hisobot davrida 21 milliard 216 million sömdan ortiq mablağ ötkazilgan. Taşabbusli budjetlaştiriş doirasida jami 24 ta loyiha uçun 22 milliard 868 million 220 ming söm mablağ yönaltirilgan.
Jumladan, hududiy içki yöllarni yaxşilaş böyiça 5 ta loyihaga 8 milliard 239 million 120 ming söm, umumta’lim maktablarini ta’mirlaş va jihozlaşga oid 11 ta loyihaga 10 milliard 865 million 600 ming söm ajratilgan.
Şuningdek, soğliqni saqlaş muassasalarini ta’mirlaş va jihozlaş, boşqa ijtimoiy soha muassasalarini rivojlantiriş hamda turli tadbirlarni amalga oşiriş uçun ham mablağlar yönaltirilgan.
Muhokama davomida loyihalarni öz vaqtida va sifatli amalga oşiriş, ajratilgan mablağlardan maqsadli foydalaniş hamda bajarilgan işlar ustidan doimiy nazoratni kuçaytiriş zarurligi ta’kidlandi.
“Taşabbusli budjet” loyihalarining asosiy maqsadi — fuqarolar tomonidan ilgari surilgan takliflarni röyobga çiqariş, mahallalardagi infratuzilmani yaxşilaş va aholiga yanada qulay şaroitlar yaratişdan iborat.